Tailanddagi Xat'yay xalqaro aerportida mamlakat tarixidagi eng yirik firibgarlik ishiga aloqador ayol hibsga olindi, deb xabar beradi Bangkok Post.
Ma'lum qilinishicha, Oratai ismli ayol 6,3 milliard batlik (186 million dollar) firibgarlik ishida gumonlanmoqda. Uning hibsga olinishi 2022 yilgi tergov bilan bogʻliq. Oʻshanda Essilor Manufacturing kompaniyasining ikki nafar top menejeri transmilliy jinoiy sxema qurboniga aylangani aniqlangan edi.
Foto: The Central Investigation Bureau
Nashr ma'lumotlariga koʻra, firibgarlar LinkedInʼda amerikalik harbiy shifokorning soxta profilidan foydalanib, xalqaro kompaniyaning Tailanddagi filialini moliyaviy direktori ishonchiga kirib olgan. Firib natijasida korporativ hisobraqamlardan 186 million dollar oʻgʻirlangan.
Oratai nigeriyalik hamkori iltimosiga koʻra bank hisobraqamini ochganini tan olgan, chunki u chet el fuqarosi boʻlgani uchun oʻzi bu ishni qila olmagan.
Kompaniya moliyaviy direktori allaqachon qoʻlga olingan va unga ayblov e'lon qilingan, hukumat Tailand va Nigeriya fuqarolari boʻlgan qariyb 100 kishini hibsga olish orderini bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar