Makron: Ukraina inqirozi va Trampning siyosati Yevropani birdamlikka undamoqda

Makron: Ukraina inqirozi va Trampning siyosati Yevropani birdamlikka undamoqda
Foto: Reuters
Ukraina inqirozi va AQSh prezidenti Donald Trampning yangi administratsiyasi Yevropa Ittifoqini birdamlikka hamda yevropaliklarni kollektik xavfsizlik chaqiruvlariga javob tayyorlashga undamoqda. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 3 fevral kungi bayonotida ma'lum qildi.

Fransiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, Donald Tramp siyosiyati Yevropani boshqa davlatlarga qaramligini kamaytirishga ham xizmat qilmoqda.

«Ukrainadagi voqealar, shuningdek, Donald Trampning yangi administratsiyasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar yevropaliklarni yanada birdam boʻlishga, kollektiv xavfsizlik sohasidagi chaqiriqlarga faolroq javob qaytarishga undayapti», — dedi Fransiya rahbari EI yetakchilarining norasmiy uchrashuvida.

Makronning ta'kidlashicha, koronavirus epidemiyasi va Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi qayta uygʻonish nuqtasiga aylangan. Uning aytishicha, Donald Trampning AQSh hokimiyati tepasiga kelishi Yevropaning boshqa davlatlarga boʻlgan qaramligini kamaytirish yoʻnalishini belgilab bergan omillardan biriga aylangan.

Fransiya yetakchisining qayd etishicha, ittifoq a'zolari «mudofaa sanoati va mudofaa texnologik bazalarini rivojlantirishni davom ettirishi», bundan tashqari, «Yevropa ishlab chiqarishiga ustuvorlik bergan holda koʻproq investitsiya kiritishi» kerak.

Avvalroq Yevropa komissiyasi AQSh prezidenti Donald Trampni yaqinda qabul qilingan tarif qarorlari ortidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan savdo urushlari oqibatlari haqida ogohlantirgandi. Yevropa Ittifoqi vakilining ta'kidlashicha, Yevropa Ittifoqi nohaq yoki oʻzboshimchalik bilan tariflarni joriy qilgan har qanday savdo sherigiga «qat'iy javob beradi».

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar