Avstriya fuqarosi Berner Leonard Turkiyaning Kayseri viloyati muftiyligida oʻtkazilgan maxsus marosimda Islomni qabul qildi va yangi "Musa Bilaleddin" ismini oldi.
Marosim Kayseri viloyat muftiy oʻrinbosari Sabir Chelik rahbarligida oʻtkazildi. Unda 23 yoshli Leonard shahodat kalimasini aytib, rasman musulmon boʻldi.
Marosim Qur'oni Karim tilovati bilan boshlandi. Shundan soʻng, muftiy noibi Sabir Chelik Islom dinining asosiy tamoyillari haqida tushuntirish berdi. Leonard shahodat kalimasini aytib, dinini oʻzgartirish haqidagi rasmiy marosimni bajardi.
Muftiy Chelik Musa Bilaleddinni tabrikladi va unga maxsus "Ibodat guvohnomasi" hamda Qur'on va Islom diniga oid kitoblar sovgʻa qildi.
Manba: Azon.global “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar