21:20 / 05.02.2025
137

Tojikistonning sobiq tashqi ishlar vaziri 27 yilga qamaldi

Tojikistonning sobiq tashqi ishlar vaziri 27 yilga qamaldi
Foto: Wikimedia
Tojikiston Oliy sudi «davlat toʻntarishiga urinish» ishi boʻyicha hukm chiqardi. Ayblanuvchilar, jumladan, sobiq tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy 18 yildan 27 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi Asia-Plus.

Eng uzoq muddat - 27 yillik qamoq jazosi sobiq vazir Zarifiyga, shuningdek, parlamentning sobiq deputati va Tojikiston demokratik partiyasi raisi Saidjafar Usmonzodaga berildi. Sud Demokratik partiya raisining sobiq oʻrinbosari, jurnalist Ahmadshoh Komilzodani 18 yilga, Sotsial-demokratik partiya raisi oʻrinbosari, huquqshunos Shokirjon Hakimovni 18 yilga, jurnalist va Shokirjon Hakimovning jiyani Ruxshona Hakimovani 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Tojikistonda amaldorlarni bu ish boʻyicha hibsga olish 2024 yil iyun oyida boshlangan edi. Rasmiylar tergov boʻyicha ma'lumot bermadi, sud mahkamalari yopiq eshiklar ortida oʻtdi.

Qayd qilinishicha, sudlanuvchilarning aksariyati «Davlatga xiyonat» va «Hokimiyatni egallash», ba'zilari «Firibgarlik», «Milliy, irqiy, mahalliy yoki diniy adovatni qoʻzgʻatish» moddalari bilan ayblangan. Ayblanuvchilar oʻz aybini tan olmagan va suddan oqlashni soʻragan.

76 yoshli Hamroxon Zarifiy 2006-2013 yillarda Tojikiston tashqi ishlar vaziri boʻlib ishlagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo