![AQShda tuxum narxi oshgani tufayli tovuq ijarasi ommalashmoqda](/uploads/posts/2025-02/scale_1200-2.webp)
Amerikada parranda grippi sababli millionlab tovuqlar yoʻq qilinmoqda, bu esa tuxum ta'minoti kamayishi va narxlar oshishiga olib keldi. NBC xabariga koʻra, narxlar keskin koʻtarilgandan soʻng, ayrim iste'molchilar tovuqlarni ijaraga olish yoʻli bilan muammoni hal qilishmoqda.
Rent the Chicken Homestead tashkiloti hammuassisi Jenn Tompkins bu haqda shunday dedi:
"Biz ikki yoki toʻrt tovuqni katagi bilan birga mijozlarning hovlisiga etkazib beryapmiz. Ikkita tovuq bir haftada oʻnta, toʻrttasi esa yigirmatagacha tuxum qoʻyadi."
Tompkinsga koʻra, odamlar bu xizmatdan asosan pul tejash uchun emas, balki oʻzlarini xotirjam his qilish uchun foydalanishmoqda.
Pittsburg yaqinida joylashgan Rent the Chicken kompaniyasi 2013 yilda tashkil etilgan boʻlib, AQSh va Kanada boʻylab fermerlar bilan hamkorlik qiladi va tovuqlarni olti oy muddatga ijaraga berish xizmatini taklif qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar