Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas Gʻazo aholisiga Falastin hududini ixtiyoriy ravishda tark etish va ularni qabul qilishga tayyor davlatlarga yoʻl olish imkoniyatini yaratish boʻyicha reja ishlab chiqishni buyurdi. Bu haqda u 6 fevral kuni X ijtimoiy tarmogʻida ma'lum qildi.
Isroilning Gʻazo boʻyicha pozitsiyasi
Kasning ta'kidlashicha, bu rejaga chegara orqali chiqish yoʻllari, dengiz va havo transporti uchun maxsus mexanizmlar ham kiritiladi.
Shuningdek, u AQSh prezidenti Donald Trampning tashabbusini qoʻllab-quvvatlab, bu gʻazoliklar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi va qabul qiluvchi mamlakatlar koʻmagida mintaqani qayta tiklashga xizmat qilishini bildirdi. Biroq, bu jarayon bir necha yil vaqt talab etishi mumkin.
Kasning fikricha, Hamas aholini tirik qalqon sifatida ishlatib, ularning Gʻazodan chiqib ketishiga toʻsqinlik qilmoqda. U Gʻazo aholisi ham boshqa xalqlar singari erkin harakatlanish va migratsiya huquqiga ega boʻlishi kerak, deb ta'kidladi.
Isroil vaziri Gʻazo aholisini qabul qilishi mumkin boʻlgan davlatlar sifatida: Ispaniya, Irlandiya, Norvegiya va Kanada kabi mamlakatlarni tilga oldi. Agar bu davlatlar qabul qilishdan bosh tortsa, ularning ikkiyuzlamachiligi fosh boʻladi, dedi Kas.
Tramp: AQSh Gʻazo sektorini nazorat oladi
AQSh prezidenti Donald Tramp 4 fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvda Gʻazo sektorini nazorat olish rejasi haqida gapirdi. Associated Press tarqatgan xabarga koʻra, Tramp shunday bayonot bergan:
"Qoʻshma Shtatlar Gʻazo sektorini nazorat qiladi, u erdagi barcha xavfli qurollarni demontaj qilish uchun mas'ul boʻladi", — dedi u.
Trampning rejasiga koʻra:
✔ AQSh Gʻazoni rivojlantirish va minglab ish oʻrinlari yaratish rejasini amalga oshiradi.
✔ Mintaqa Yaqin Sharqdagi "rivera" sifatida qayta quriladi.
✔ Gʻazo sektori "dunyo xalqi" uchun uyga aylanishi mumkin.
Trampdan Gʻazoga AQSh qoʻshinlari joʻnatilishi kerakmi? deb soʻrashganda, u "Biz kerakli narsani qilamiz", deb javob berdi.
Shuningdek, u Isroil, Gʻazo va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurish niyatida ekanligini ta'kidladi.
Isroil bosh vaziri Netanyahu bu tashabbusni ijobiy qabul qilib, "Tramp yangi gʻoyalar bilan oʻylaydi", deb ta'kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar