22:31 / 07.02.2025
104

Bayden ma'muriyati transgender maymunlar etishtirish uchun millionlab dollar sarflagan

Bayden ma'muriyati transgender maymunlar etishtirish uchun millionlab dollar sarflagan
AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ma'muriyati transgender maymunlarni etishtirish va oʻrganish uchun 10 million dollar sarflagan. Bu haqda 6 yanvar kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasining respublikachi a'zosi Nensi Meys ma'lum qildi.

«Oʻtgan yili soliq toʻlovchilarning 10 million dollardan ortiq mablagʻi transgender maymunlar, sichqonlar va kalamushlarni yaratish uchun sarflandi», – deydi u oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida e'lon qilgan videosida.

Meysning qoʻshimcha qilishicha, DEI (turli xillik, tenglik va inklyuzivlik) grantlari butun mamlakat boʻylab universitetlarda hayvonlarda jarrohlik va gormon terapiyasida ogʻriqli va halokatli transgender tajribalarini oʻtkazish uchun ishlatilgan.

Bundan tashqari, Bayden ma'muriyati hayvonlarning giyohvand moddalarning haddan tashqari oshirib yuborilgan dozasiga chidamliligi va ularning OIV infektsiyasini yuqtirish qobiliyatiga oid tadqiqotlarni moliyalashtirgan.

Ma'lumot uchun, bir muddat oldin Oq uy AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ni byudjetdan ajratilgan pullarni notoʻgʻri joylarga sarflaganlikda ayblab chiqqan va bayonotda jumladan, DEI (turli xillik, tenglik va inklyuzivlik) grantlari haqida ham gap ketgan edi.

Bundan tashqari USAID Kolumbiyadagi «transgender opera» uchun 47 000 dollar, Perudagi «transgender komiksi» uchun 32 000 dollar va Gvatemalada jinsni oʻzgartirish va LGBT faolligi uchun 2 million dollar miqdorida mablagʻlar yoʻnaltirib kelgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo