AQSh “Ukraina” loyihasini yopish qarori tufayli Vladimir Zelenskiy bilan ochiq muloqotni toʻxtatdi. Bu haqda britaniyalik harbiy tahlilchi Aleksandr Merkuris “Duran” YouTube kanalida ma'lum qildi deb yozadi Sputnik nashri.
“Zelenskiy Qoʻshma Shtatlar “Ukraina” loyihasini yopishga tayyorlanayotganini tushuna boshladi. Amerikaliklar endi Zelenskiy bilan gaplashmayapti, shekilli. (AQShning Ukraina boʻyicha maxsus vakili – tahr.) Kellog Kiyevga kelmadi, Zelenskiy Trampning inauguratsiyasiga taklif qilinmadi”, — dedi tahlilchi.
Uning soʻzlariga koʻra, Kiyev rejimi rahbari uchun yana bir xavotirli signal Kellogning Ukrainada saylov oʻtkazish zarurligi haqidagi bayonoti boʻldi.
“Zelenskiy qoʻrqqan yagona bayonot Kellogdan keldi. Ular (amerikaliklar – tahr.) saylovlar haqida gapirganda, aslida Zelenskiyning ketish vaqti kelganini nazarda tutishmoqda”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Avvalroq Zelenskiy Ukraina kelajagi haqida bir qancha bahsli bayonotlar bergan edi. Xususan, u Kiyev rejimi AQSh bilan birgalikda foydali qazilmalarni oʻzlashtirish uchun ochiq ekanini aytdi. Shu bilan birga, Zelenskiy nodir tuproq metallarining katta hajmlari hozirda Kiyev nazorati ostida boʻlmagan hududlarda joylashganini ta'kidladi.
Bundan tashqari, Kiyev rejimi rahbari Ukrainaning NATOga qoʻshilish jarayoni oʻnlab yillar davom etishi mumkinligini, xavfsizlikni ta'minlash uchun Gʻarb Kiyevni yadro quroli bilan ta'minlashi kerakligini ta'kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar