07:07 / 11.02.2025
674

Xitoy asteroid tahdidi tufayli planetar mudofaa jamoasini tuzadi

Xitoy asteroid tahdidi tufayli planetar mudofaa jamoasini tuzadi
Xitoy mudofaa agentligi 2024 YR4 asteroidining 2032 yilda Er bilan toʻqnashish xavfi oshib borayotgani fonida kosmik tadqiqotchilarni toʻplashni boshladi, deb xabar beradi SCMP.

Evropa kosmik agentligi (EKA) asteroidning Er bilan toʻqnashish ehtimolini 2,2 foizgacha yangiladi, natijada u agentlikning tahdidlar roʻyxatidagi asosiy ob'ektga aylandi.

Oʻlchami 40-90 metr atrofida boʻlgan asteroid 2024 yilning dekabrida Harvard universiteti Astronomiya instituti tomonidan aniqlangan edi. Ushbu kashfiyot Er atrofidagi ob'ektlarning global monitoring mexanizmini faollashtirib yubordi.

Potentsial tahdidga javoban Xitoy planetar mudofaa sohasidagi tadqiqotlarini kengaytirmoqda va toʻqnashuvlarning oldini olish boʻyicha choralarni ishlab chiqyapti.

Ma'lumot uchun, ushbu asteroid hozir Erdan taxminan 43 million kilometr uzoqlikda. NASA hisob-kitoblariga koʻra, 2032 yilda u 106 ming kilometr masofaga — Oygacha boʻlgan masofaning uchdan bir qismiga yaqinlashadi. Biroq hisob-kitoblardagi noaniqliklar tufayli, trayektoriyaning toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvga olib kelishi ehtimoli bor.

Agar asteroid atmosferaga kirsa, u 1908 yildagi Tunguska meteoritiga oʻxshash kuchli havo portlashiga olib kelishi mumkin. Shunda zarba toʻlqini 2 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydondagi oʻrmonlarni vayron qilgan edi. Agar 2024 YR4 zichroq va temirga boy boʻlsa, u er yuzasida ulkan kraterni qoldirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy asteroid tahdidi tufayli planetar mudofaa jamoasini tuzadi