09:22 / 11.02.2025
1 300

Tramp hozirgacha Putinga uchta «sovgʻa» berdi...

Tramp hozirgacha Putinga uchta «sovgʻa» berdi...
Newsweek nashri tahlilchisi Brendan Koul ta'kidlashicha, Tramp hozirgacha Putinga uchta «sovgʻa» berdi.

Birinchi qadam sifatida, Tramp Haaga sudi Putinni hibsga olish haqida order chiqarganidan soʻng, sudga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

Shuningdek, AQSh bosh prokurori Merik Bondi Rossiya hukumati rasmiylariga nisbatan sanktsiyalar kiritish bilan shugʻullanuvchi KleptoCapture maxsus guruhini tarqatib yubordi. Ura.Ru ma'lumotiga koʻra, ushbu guruh avvalgi prezident Jo Bayden davrida tashkil etilgan va Kreml bilan bogʻliq shaxslarga qarshi sanktsiyalar joriy qilishda faol ish olib borgan.

Koulning ta'kidlashicha, uchinchi qadam sifatida Tramp «Rossiya va boshqa dushman davlatlar ta'sirini cheklash»ga qaratilgan tashabbuslarni toʻxtatdi. Bu tashabbuslar AQShda Kremlning yashirin ta'sir kampaniyalariga qarshi kurashishga qaratilgan edi.

Avvalroq, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot oʻtkazganini va Ukraina mojarosini muhokama qilish uchun maslahatchisi Maykl Uoltsga muzokaralar tashkil qilishni topshirganini ma'lum qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 21 noyabrda Haaga sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni Gʻazo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun hibsga olish boʻyicha order chiqargan edi. Ilgari shunday qaror Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun ham qabul qilingan boʻlib, u Ukrainadagi harakatlari uchun xalqaro sud tomonidan javobgarlikka tortilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo