09:53 / 11.02.2025
364

Lavrov Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi

Lavrov Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi
Foto: RIA Novosti
RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralarga tayyor ekanini ma'lum qildi.

«Prezident Putin bu haqida koʻp marotaba gapirgani kabi Rossiya muzokaralarga tayyor, unda bizning qonununiy manfaatlarimiz ta'minlanishi kerak», — deydi Lavrov.

Vazirning soʻzlariga koʻra, Ukraina mojarosining «chuqur sabablari bor». Lavrovning aytishicha, ular qatorida NATOni kengaytirish orqali Rossiya xavfsizligiga tahdid uygʻotish va Ukraina hukumatining «ruslarga oid hamma narsani yoʻq qilish»ga qaratilgan siyosiy yoʻnalishi ham mavjud.

TIV rahbarining qoʻshimcha qilishicha, birlamchi sabablar butunlay yoʻq qilinsagina mojaroni yakunlash yoʻli ochilishi mumkin.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar oʻtkazishga tayyor ekanini, ammo uni yakuniy tinchlik bitimini imzolashi mumkin boʻlgan legitim prezident deya hisoblamasligini ma'lum qilgandi. Koʻp oʻtmay Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Ukraina prezidentini «nolegitim» deya hisoblasa ham Rossiya Zelenskiy bilan muzokaralar oʻtkazishdan bosh tortmasligini bildirdi.

Oʻz navbatida Zelenskiy urushni tugatish uchun Putin bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishga tayyorligini aytdi. «Agar bu ukrainlar uchun tinchlikka erishish va odamlarni yoʻqotmaslik yoʻlida yagona konfiguratsiya boʻlsa, albatta, biz bunga boramiz», — dedi Ukraina prezidenti.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo