![Tramp: “Ukraina kun kelib Rossiyaning bir qismiga aylanishi mumkin”](/uploads/posts/2025-02/f5ee629642_photo_2025-02-11_11-38-45-3exfgw8o.webp)
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp kelajakda “Ukraina Rossiyaning bir qismiga aylanishi mumkinligi”ni aytdi. Bu haqda u FoxNews telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi, deb yozmoqda Daryo.
Trampdan Ukrainaga Amerika qurollari etkazib berilishi haqida soʻraganda, u bu savolga javob berishdan bosh tortdi. Buning oʻrniga u Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga boshqa davlatlarga qaraganda ancha koʻp yordam ajratayotganini adolatsizlik deb baholadi.
"Ular noyob metallar, neft vagaz, shuningdek boshqa resurslar nuqtayi nazaridan gʻoyat qimmatli erga ega. Men pullarimiz xavfsiz boʻlishini istayman, chunki biz yuzlab milliard dollar sarflayapmiz (Ukrainaga yordam berish uchun). Bilasizmi, ular (Ukraina va Rossiya) kelishuvga erishishi ham, erishmasliklari ham mumkin. Ukraina kelajakda Rossiyaning bir qismiga aylanishi yoki aylanmasligi mumkin. Lekin biz unga mablagʻ kiritganmiz va men uni qaytarib olmoqchiman", dedi Tramp.
AQSh prezidenti bu borada allaqachon Ukraina rahbariyati bilan gaplashganini va “ular rozi boʻlganini” ta'kidladi.
"AQSh allaqachon 300 milliard dollardan ortiq, ehtimol 350 milliard dollar sarmoya kiritgan. Evropa esa — 100 milliard. Biz ikki baravar koʻp mablagʻ ajratganmiz. Men ularga (Ukraina hukumatiga) buning evaziga nimadir, masalan, nodir metallar koʻrinishidagi ekvivalentni xohlayotganimizni aytdim va ular aslida bunga rozi boʻlishdi. Shunday ekan, hech boʻlmaganda oʻzimizni ahmoqona his qilmaymiz", deb qoʻshimcha qildi Tramp.
Xavfsizlik kafolatlari evaziga Ukraina resurslaridan foydalanish
Trampning soʻzlariga koʻra, u Zelenskiy bilan Rossiya bilan boʻlajak tinchlik shartnomasida xavfsizlik kafolatlari evaziga amerikalik investorlarga Ukrainadagi nodir metallar konlari va gaz konlariga kirish huquqini berish boʻyicha 500 million dollarlik kelishuv tuzmoqchi.
Gʻarbga Ukrainada foydali qazilmalarni qazib olish huquqini berish haqida Zelenskiy 2024 yil kuzida AQSh prezidentligiga oʻsha paytdagi nomzodlar Donald Tramp va Kamala Harrisga taqdim etgan “gʻalaba rejasi”da ham aytilgan.
3 fevral kuni Tramp bu variant haqida yana gapira boshladi, bu Gʻarb siyosatchilari va ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab boʻldi. 7 fevral kuni Zelenskiy Reuters agentligiga bergan intervyusida AQSh Ukraina tabiiy resurslarini oʻzlashtirishda ustuvorlikka ega boʻlishini, chunki “amerikaliklar hammadan koʻproq yordam berganini” aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar