17:59 / 11.02.2025
819

Ukraina 500 milliard dollarlik nodir metallarini AQShga taqdim etadi

Ukraina 500 milliard dollarlik nodir metallarini AQShga taqdim etadi
Ukraina oʻz hududidagi 500 milliard dollar qiymatga ega boʻlgan nodir metallarga boy konlarni AQShga taqdim etadi. Ushbu kelishuv urushning qanday yakun topishidan qat'i nazar, Qoʻshma Shtatlar tomonidan koʻrsatilgan harbiy yordamning evaziga amalga oshiriladi.

Bu haqda AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, Ukraina hududidagi titan, marganes, temir, mis va boshqa strategik muhim resurslarga boy konlar AQSh uchun ochiq boʻladi. Ayniqsa, Qoʻshma Shtatlar titan metalini alohida qadrlaydi, chunki u qiruvchi samolyotlar, harbiy vertolyotlar, harbiy-dengiz kemalari, tanklar, ballistik raketalar va boshqa harbiy texnikalar ishlab chiqarishda muhim rol oʻynaydi.

Hozirga qadar AQSh oʻz ehtiyojining 90 foizini import orqali qondirib kelgan edi. Endilikda esa Ukraina konlarining nazoratga oʻtilishi tufayli bu qaramlik sezilarli darajada kamayadi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, Qoʻshma Shtatlar faqatgina titan ishlab chiqarish orqali yiliga kamida 182 million dollar tejaydi. Ma'lumotlarga koʻra, ushbu metallning bir kilogrammi 45 dollar atrofida baholanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo