![Kuleba mamlakat armiyasining Rossiya oldidagi ojizligini tan olishga chaqirdi](/uploads/posts/2025-02/946d160f49_photo_2025-02-12_21-08-42-78sj3jyu.webp)
Foto: Global Look Press
Ukraina Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Dmitriy Kuleba mamlakat armiyasining Rossiya qoʻshinlari oldinga siljishini toʻxtata olmasligini ma'lum qildi.
Kuleba Germaniyaning Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida Ukraina armiyasi salohiyati faqat Rossiya armiyasini sekinlashtirishga etishini ta'kidladi., deb yozadi Daryo nashri.
"Biz realist boʻlishimiz lozim. Pessimist emas, buni alohida ta'kidlayman, umidsizlikka tushish shart emas. Hozirgi vaziyat shundan iboratki, bizda ruslarning oldinga siljishini toʻxtatish yoki ularni Ukraina hududidan siqib chiqarishni boshlash uchun etarli imkoniyat yoʻq. Ayni paytda imkoniyatlarimiz faqat Rossiya armiyasining harakatini iloji boricha sekinlashtirishga etadi", dedi sobiq vazir.
Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina Gʻarbdan qurol-yarogʻ etkazib berishning koʻpayishiga ham umid bogʻlamasligi kerak. Shuningdek, Kuleba Ukraina armiyasining oʻz ishlab chiqarish quvvatlari Rossiyanikilarga nisbatan unchalik ishonchli emasligini qayd etdi.
11 fevral kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Pentagon rahbari Pit Xegset Ukrainaga yangi qurol-yarogʻ etkazib berish masalasi mamlakat mudofaasi boʻyicha aloqa guruhining 26-yigʻilishida muhokama qilinmasligini ma'lum qildi.
“Ukraina qanday real xavfsizlik kafolatlariga umid qilishi mumkin? Kiyev yadro quroliga ega boʻladimi?” degan savolga sobiq vazir quyidagicha javob berdi:
"Men bu mavzu ommalashganini tushunaman, lekin odamlarni aldashni istamayman. Ukraina yadro quroliga ega boʻlmaydi, Ukraina yadro qurolini ishlab chiqarmaydi ham. Bu haqda odamlarda joʻshqin his-tuygʻularni uygʻotish uchun gapirish mumkindir, ammo biz voqelikka koʻz yummasligimiz kerak."
Kuleba, shuningdek, agar NATOga qoʻshilishdan bosh tortish Moskvaning qat'iy talabi boʻlsa, Ukraina odessacha ish tutish kerakligini aytdi:
"Bu erda bir nechta omillar bor. Birinchisi: Ukrainaning NATOga a'zoligi masalasi Ukrainaning qoʻlida ham, NATOning qoʻlida ham emas. Vashington va Berlinning pozitsiyalari Ukrainaning alyansga kirishi yoki kirmasligini hal qiluvchi ahamiyatga ega." “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar