![Ilon Mask NATOni «toʻliq qayta tashkil etishga» chaqirdi](/uploads/posts/2025-02/b91e830b06_qsudfwqslcued2nbji9ixbcd3wyht0ou.webp)
Foto: The New York Times
Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari, milliarder Ilon Mask NATOni toʻliq qayta tashkil etishga chaqirdi.
«NATO toʻliq qayta tashkil etilishga muhtoj», — deb yozadi u X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.
Mask oldin ham NATOga nisbatan keskin bayonotlar bildirgan. Xususan, oʻtgan yilning martida u investor Devid Saksning NATOning davri tugagani va u tugatilishi kerakligi haqidagi fikrini qoʻllab-quvvatlagan edi. «Toʻgʻri. NATOning dushmani va uning mavjudligi sababchisi Varshava pakti tarqatib yuborilganiga qaramay, u faoliyatini davom ettirayotganiga doim hayron qolaman», — deb yozgandi oʻshanda Mask.
Ushbu bayonot koʻpchilik tanqidiga uchragan edi. Jumladan, Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs unga quyidagicha javob qaytargan: «Qadrli Ilon Mask NATOning tashkil etilishiga asos boʻlgan sabab mavjud va mavjud boʻladi ham — bu Rossiya va erkin dunyoning boshqa dushmanlaridir».
Avvalroq Ilon Mask «Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi» media-korporatsiyalarini «radikal soʻl telbalar» deb atab, ularni soliq toʻlovchilarning pullarini behuda sarflashda ayblagandi.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil noyabrida Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskni DOGE rahbari etib tayinlagan edi. DOGE «har yili 6,5 milliard dollarlik davlat xarajatlarida mavjud boʻlgan katta isrofgarchilik va firibgarlikni yoʻq qiladi», degan edi oʻshanda Tramp. Uning soʻzlariga koʻra, departament Oq uyning byudjet idorasi bilan hamkorlik qiladi va «maslahat va koʻrsatmalar beradi». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar