![Tramp Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashishini ma'lum qildi](/uploads/posts/2025-02/a10168ada0_tamd7yuu0ekzf_yn4155pmrbstxgmpr6.webp)
Foto: kremlin.ru
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya etakchisi Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini toʻxtatish yoʻllarini muhokama qilish uchun yuzma-yuz uchrashuv oʻtkazadigan davlat Saudiya Arabistoni boʻladi. Bu haqda Trampning 12 fevral, chorshanba kuni Rossiya prezidenti bilan telefon suhbatidan bir necha soat oʻtib Oq uyda jurnalistlar bilan suhbati chogʻida qilgan bayonotida aytiladi.
«Biz Saudiya Arabistonida uchrashamiz», — deya AQSh davlat rahbarining soʻzlaridan iqtibos keltiradi AFP agentligi. Hatto saylovoldi tashviqoti paytida ham Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatishga erishish niyatida ekanini bir necha bor ta'kidlagan.
Jurnalistlar bilan suhbatda Tramp, shuningdek, Ukrainaning NATOga a'zo boʻlishini maqsadga muvofiq deb hisoblamasligini va uning fikricha, Kiyevning Rossiya nazorati ostida boʻlgan barcha hududlarni qaytarishi «imkoni yoʻq» ekanini aytdi.
Trampning Putin bilan telefon suhbati
CNN ta'kidlaganidek, Oq uy va Kreml matbuot xizmatlari 12 fevral kuni xabar bergan Tramp va Putin oʻrtasidagi telefon suhbati Trampning AQSh prezidenti sifatidagi ikkinchi muddati boshlanganidan beri birinchi tasdiqlangan telefon muloqotidir.
Trampning ta'kidlashicha, prezidentlar «Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urushda millionlab odamlarning oʻlimini toʻxtatishga rozi boʻldi». Shuning uchun, uning soʻzlariga koʻra, siyosatchilar oʻz jamoalari «zudlik bilan muzokaralarni boshlash» haqida kelishib oldi. AQSh prezidenti Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga qoʻngʻiroq qilib, suhbat haqida xabardor qilishga va'da berdi.
«Men davlat kotibi Marko Rubio, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliff, milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Mayk Uolts hamda elchi va maxsus vakil Stiv Vitkoffdan muzokaralarga rahbarlik qilishni soʻradim», — deya qoʻshimcha qildi u.
CNN ma'lumotlariga koʻra, Tramp Zelenskiy bilan 12 fevral kuni tushga yaqin, Putin bilan telefon muloqoti tugaganidan koʻp oʻtmay gaplashgan.
Ayni vaqtda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, suhbat chogʻida Rossiya etakchisi Donald Trampni Moskvaga tashrif buyurishga taklif qilgan. Kremlga koʻra, Putin va Tramp oʻrtasidagi suhbat taxminan 90 daqiqa davom etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar