![AQShda yana harbiy samolyot qulab tushdi (video)](/uploads/posts/2025-02/897ead6cd3_photo_2025-02-13_08-51-24-8fpw82a8.webp)
Foto: Getty Images
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining samolyoti 12 fevral kuni San-Diego koʻrfaziga qulab tushdi. Bu haqda Fox News xabariga tayanib Daryo xabar berdi.
Aviahalokat Nort-Aylend harbiy aviabazasi yaqinida yuz bergan. Samolyot bortida ikki kishi boʻlgan. Ularni baliq ovlash kemasi qutqarib qolgan. Hozirda uchuvchilar kasalxonada. Ularni H&M Landing baliq ovlash kompaniyasi vakillari qutqargan va samolyotda “mexanik nosozlik” kuzatilganini aytgan.
Taxminan soat 10:15 atrofida ikkala uchuvchi samolyotlaridan mexanik nosozlik tufayli katapult qilindi. Bir necha soniyadan soʻng samolyot koʻrfazga qulab tushdi. Yaqin atrofda boʻlgan Premier kemasi tezda vaziyatga javob berdi, deyiladi kompaniya xabarida.
Harbiy-dengiz kuchlari vakiliga koʻra, aviahalokatdan oldin avariya signali yuborilgani hozircha aniq emas. Samolyot qoldiqlari suvda qolmoqda.
EA-18G Growler — elektron uskunalar bilan jihozlangan taktik hujumchi samolyot. U AQSh qurolli kuchlari va dunyo boʻylab ittifoqchilariga elektron himoyani ta'minlaydi. Ushbu samolyotning narxi taxminan 67 million dollarni tashkil etadi.
AQShda yuz bergan soʻnggi aviahalokatlar:
25 yanvar Alyaska yarim orolida AQShning F-35A qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurdi va tirik qoldi.
30 yanvar kuni ertalab American Airlines yoʻlovchi samolyoti Vashington aeroporti yaqinida harbiy vertolyot bilan toʻqnashdin, soʻngra Potomak daryosiga quladi. Oqibatda hech kim omon qolmadi, 5 fevral kuni aviahalokatda halok boʻlgan barcha 67 kishining jasadi Vashingtondagi daryodan olib chiqildi.
1 fevral kuni AQShning Filadelfiya shahrida aviahalokat yuz berdi: tez tibbiy yordam samolyoti turar-joy hududiga qulab tushdi, uylar va avtomobillarga zarar etdi.
7 fevral kuni bortida 10 kishi boʻlgan samolyot Alyaskada gʻoyib boʻldi.
11 fevralda esa Arizonadagi aeroportda ikkita samolyot toʻqnashib ketdi. Favqulodda vaziyat oqibatida bir kishi halok boʻldi, yana uch kishi jarohat oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar