10:19 / 13.02.2025
427

Ukrainaning sobiq prezidenti Poroshenkoga qarshi sanktsiyalar joriy qilindi

Ukrainaning sobiq prezidenti Poroshenkoga qarshi sanktsiyalar joriy qilindi
Ukrainada Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi 12 fevral, chorshanba kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda xalq deputati, «Evropa birdamligi» partiyasi etakchisi va mamlakatning sobiq prezidenti Petr Poroshenkoga nisbatan sanktsiyalar joriy qildi. Bu haqda Forbes Ukraine internet nashri ushbu cheklovlar mazmuniga aniqlik kiritmagan holda yozmoqda.

Siyosatchining oʻzi Facebookʼda e'lon qilgan bayonotida unga qarshi sanktsiyalar qoʻllash qarorini «konstitutsiyaga zid» va «siyosiy sabablarga koʻra» deb atadi. «Ammo buyurtmachi, ijrochi va imzolovchi bitta — shaxsan Zelenskiy», — deya ta'kidladi Poroshenko.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12 fevral kuni vatandoshlariga kundalik murojaatida Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yigʻilishi haqida gapirar ekan, «Ukrainani, Ukraina manfaatlarini, Ukraina xavfsizligini sotish orqali qoʻlga kiritilgan milliardlab pullar bloklanishi va Ukraina va ukrainaliklarni himoya qilish uchun ishlashi kerak», dedi. Biroq u aynan nima haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.

Petr Poroshenkoga nisbatan gumonlar

Forbes Ukraine eslatganidek, 2021 yil 21 dekabrda Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bostirib kirishi arafasida SBU Petr Poroshenko davlatga xiyonatda gumon qilinayotganini e'lon qildi. «U goʻyoki Viktor Medvedchukning sxemasida ishtirok etgan», deb yozadi nashr. SBU ma'lumotlariga koʻra, Poroshenko Janubiy Afrikadan koʻmir etkazib berishni toʻxtatishga yordam bergan.

Petr Poroshenko 2014 yilning 7 iyundan 2019 yilning 20 mayigacha Ukraina prezidenti boʻlgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo