12:07 / 13.02.2025
156

AQSh razvedkasi: Isroil Eronning yadro ob'ektlariga zarba bermoqchi

AQSh razvedkasi: Isroil Eronning yadro ob'ektlariga zarba bermoqchi
Foto: Global Look Press
Isroil 2025 yil Eron yadroviy ob'ektlariga “sezilarli” zarbalar berishni rejalashtirmoqda va Vashingtonning qoʻllab-quvvatlashiga umid qilmoqda. Bu haqda AQSh razvedkasiga tayanib, Wall Streyet Journal xabar berdi.

Ushbu xulosa AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden ma'muriyatining soʻnggi kunlarida tayyorlangan hisobotiga kiritilgan. Razvedka ma'lumotlariga koʻra, Isroil AQShning yangi prezidenti Donald Tramp administratsiyasidan yordam olishni rejalashtirmoqda.

“Chunki ular Trampni Baydenga qaraganda zarbalarga qoʻshilish ehtimolini koʻproq deb hisoblaydi”, deyiladi xabarda.
AQSh razvedkasi Tramp prezidentligining dastlabki kunlarida taqdim etilgan ikkinchi hisobotni tayyorladi, unda ilgari qilingan xulosa tasdiqlangan.

Amerikalik harbiy amaldorlar Eronning “kuchli mustahkamlangan” yadroviy obektlariga zarba berish uchun Isroilga, ehtimol, AQShning harbiy yordami va oʻq-dorilari kerak boʻlishini aytdi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu administratsiyasi mazkur xabarga munosabat bildirmadi, Isroil harbiylari ma'lumotlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Trampning Eron borasidagi fikrlari

AQSh prezidenti oʻtgan hafta Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Shu kuni Tramp birinchi prezidentlik muddati davomida Eronga nisbatan qoʻllagan “maksimal bosim” siyosatini qayta boshlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Strategiya Tehronning neft eksportidan keladigan daromadlarini kamaytirishga va uning yadro qurolini ishlab chiqishiga toʻsqinlik qilishga qaratilgan.

Tramp bunday qadamdan xursand emasligini va tasdiqlangan yadroviy tinchlik kelishuvini afzal koʻrishini aytdi. U AQSh Isroil bilan birgalikda “Eronni parchalab tashlamoqchi” degan da'volarni “juda boʻrttirilgan” deb atadi.

“Men Eron bilan yadroviy boʻlmagan bitim tuzishni istardim. Men buni bombardimon qilishdan koʻra afzal koʻrgan boʻlardim”, deya ta'kidlagan AQSh prezidenti.

Inauguratsiyadan oldin u AQSh va Eron oʻrtasida urush boʻlishi mumkinligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo