10:05 / 14.02.2025
163

Amerika "Oʻzaro tariflar" joriy etishga tayyorgarlik koʻrmoqda

Amerika "Oʻzaro tariflar" joriy etishga tayyorgarlik koʻrmoqda
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp "oʻzaro tariflar"ni joriy etishga oid memorandumni imzoladi. Bu haqda 13 fevral kuni Oq uy rasman ma'lum qildi. Hujjatda AQShdan import qilinadigan mahsulotlar uchun uchinchi davlatlarning joriy etayotgan tariflari tahlil qilingan.

Hisobotga koʻra, 2019 yilda 132 mamlakat va 600 000 dan ortiq mahsulot boʻyicha AQSh eksportchilari yuqori tariflarga duch kelgan. Bu holat AQShning tashqi savdo taqchilligiga olib kelayotgan omillardan biri sifatida baholanmoqda. Vashingtonning fikriga koʻra, tashqi bozorlardagi bu muvozanatsizlik Amerika biznesining raqobatbardoshligini pasaytiradi.

Shu munosabat bilan AQSh hukumati adolatli savdo sharoitlarini ta'minlash maqsadida "oʻzaro tariflar" tizimini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu tizimga koʻra, agar biror davlat Amerika mahsulotlariga yuqori tariflar belgilasa, AQSh ham xuddi shunday javob choralarini koʻradi.

2024 yilda AQShning tovarlar savdosi taqchilligi 1 trillion dollardan oshgani ma'lum qilindi. Bu esa savdo siyosatini qayta koʻrib chiqish zaruriyatini yanada kuchaytirmoqda. Ekspertlarning fikriga koʻra, "oʻzaro tariflar" tizimi xalqaro savdoda yangi muzokaralarga va ehtimoliy kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo