![Zelenskiy Putin bilan uchrashish shartini ma'lum qildi](/uploads/posts/2025-02/e3b6d60988_photo_2025-02-14_22-30-09-1vlfp50y.webp)
Foto: France 24
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini, biroq Amerika va Evropa rasmiylari bilan birgalikda tinchlik rejasi kelishib olingandan keyingina uchrashishini aytdi, deb yozadi Daryo nashri.
U Rossiya, AQSh, Ukraina va Saudiya Arabistoni vakillari bilan ehtimoliy uchrashuv haqidagi savolga shunday javob berdi.
Men Rossiya bilan uchrashmayman. Bilmadim, bu ularga yoqadimi-yoʻqmi. Men faqat yagona rossiyalik — Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorman, ammo Tramp va Evropa bilan umumiy reja ishlab chiqilgandan keyingina, dedi Zelenskiy.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina, albatta, mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etishini aytgan edi. Putinning ta'kidlashicha, garchi Rossiya istalgan shaxs bilan muzokaralar olib borishga tayyor boʻlsa-da, Zelenskiy lavozimining “noqonuniyligi tufayli” tinchlik shartnomasini imzolashga haqli emasligini qayd etgan.
Zelenskiy Rossiyaga “hududlarni almashish”ni taklif qilmoqchi
Ukraina prezidenti The Guardian nashriga bergan intervyusida Kursk viloyatida Ukraina qoʻshinlari nazoratidagi hududni Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina erlariga almashtirishga tayyor ekanligini bildirdi.
![](/uploads/posts/2025-02/c057664667_photo_2025-02-11_21-59-34-e4uy8itl.webp)
Foto: The Guardian
Biz bir hududni boshqasiga almashtiramiz, dedi Zelenskiy va Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan erlarning qaysi qismini soʻrashini hali aniq bilmasligini qoʻshimcha qildi.
Ukraina etakchisi barcha hududlar muhim ekanini, ular oʻrtasida hech qanday ustuvorlik yoʻqligini ta'kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar