
AQSh Rossiya va Xitoy tomonidan qit'aga boʻlayotgan tahdiddan koʻra, Evropaning "ichkarisidan kelayotgan xavf"dan koʻproq xavotirda. Bu haqda Myunxen xavfsizlik konferentsiyasida Amerika vitse-prezidenti J.D.Vens aytib oʻtdi.
“Evropaga nisbatan meni eng koʻp tashvishga solayotgan tahdid bu Rossiya yoki Xitoy emas. Men ichkaridan kelayotgan tahdid — Evropaning eng asosiy qadriyatlaridan chekinishidan xavotirdaman”, dedi Vens.
Vitse-prezident Ruminiyada Rossiya aralashuvi bahonasida konstitutsiyaviy saylovlar bekor qilinganini misol qilib keltirdi. Shuningdek, u Evropa davlatlarida tsenzura va migratsiya siyosatini tanqid qildi. “Bugun Evropaga qaraganimda, “Sovuq urush” gʻoliblarining ba'zilari qanday ahvolga kelib qolganini koʻrib hayron boʻlaman”, — deya xulosa qildi Vens.
2024 yil oktyabr oyida Evropa Ittifoqining mudofaa boʻyicha birinchi komissari lavozimiga nomzod Andrius Kubilius blok Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qarama-qarshilik uchun harbiy salohiyatini oshirishi va “olti-sakkiz yil ichida harbiy toʻqnashuvga” tayyor turishi kerakligini aytdi.
Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen esa ham Evropa Ittifoqining harbiy xarajatlarini oshirish tarafdori.
Bu yil Myunxen konferentsiyasida Qoʻshma Shtatlardan J.D.Vans, Davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya hamda Ukraina boʻyicha maxsus vakil Keyt Kellogg ishtirok etmoqda. Rossiya vakillari Myunxen konferentsiyasiga 2022 yildan beri kelmayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar