![HAMAS 369 nafar falastinlik evaziga garovdagi 3 kishini ozod qildi](/uploads/posts/2025-02/ef7d3c0c61_narkotik-4.webp)
Falastinning HAMAS harakati garovga olingan uch kishini, jumladan, bir rossiyalikni ozod qildi.
Rossiya fuqarosi 29 yoshli Sasha Trufanov, AQSh fuqarosi 36 yoshli Sagi Dekel-Chen va Argentina fuqarosi 46 yoshli Yair Horn 498 kunlik asirlikdan soʻng Xalqaro Qizil Xoch tashkilotiga topshirildi.
Ushbu uch kishi HAMAS tomonidan Nir-Oz hududida garovga olingan edi.
Yair Hornning ukasi Eytan esa hamon HAMAS tomonidan asirlikda saqlanmoqda.
Bunga javoban Isroil garovdan ozod qilingan uch kishi evaziga 369 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qilishga qaror qildi.
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar