![Tuxumning yangiligini qanday aniqlash mumkin?](/uploads/posts/2025-02/a28c10b1b0_front-view-white-chicken-eggs-inside-basket-with-towel-on-a-dark-surface-scaled.webp)
Mutaxassislar tuxumni toʻgʻri saqlash, pishirish va yangiligini tekshirish boʻyicha tavsiyalar bilan oʻrtoqlashdi.
Ularning fikriga koʻra, doʻkondan olingan tuxum uch haftagacha, uy sharoitida saqlangan tuxum esa ikki haftagacha yangiligini saqlaydi. Shu bilan birga, bedana tuxumlari tez quriydi, shuning uchun ularni avval iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Buning uchun tuxumni suvga solish kifoya: agar u choʻkib ketsa, demak, u hali ham yangi.
Tuxumni boshqa mahsulotlar bilan saqlash mumkin, ammo ularni alohida joylashtirish tavsiya etiladi, chunki poʻstlogʻida bakteriyalar boʻlishi ehtimoli bor.
Tuxum kamida 70°S haroratda pishirilishi kerak. Bu salmonellyoz infektsiyasi xavfini kamaytiradi. Shuningdek, pishirishdan oldin tuxumni yuvish tavsiya etiladi.
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar