19:15 / 16.02.2025
428

Tramp ma'muriyati Ukrainani qoʻllashni toʻxtatishi mumkinmi?

Tramp ma'muriyati Ukrainani qoʻllashni toʻxtatishi mumkinmi?
AQShning global etakchiligini zaiflashtirish yoki kuchaytirish borasida ekspertlar turlicha fikrda, biroq Trampning harakatlari Evropa, Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarda muhim oʻzgarishlarga sabab boʻlishi aniq. «Geosiyosat» loyihasida mehmon boʻlgan siyosatshunoslar mavzu yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.

Shuhrat Rasulov: Agar Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻyindan chiqishga qaror qilsa, hozirgi kunda undan buni kutish mumkin, bunday vaziyatda Evropa Ittifoqi Ukraina boʻyicha tashabbusni oʻz qoʻliga olishi savol ostida qoladi. Chunki Evroittifoqda qaror qabul qilish borasida muammolar bor, bunda ittifoq a'zolarining barchasi ovoz berishi kerak va bitta mamlakat qarshi ovoz bersa ham qaror qabul qilish qiyinlashadi.

Bunday qarshi ovoz berishi mumkin boʻlgan davlat Vengriya va u hozirda yolgʻiz emas, chunki Slovakiya ham bu borada uni qoʻllab-quvvatlashi mumkin. Katta davlatlar byudjetdan tashqari mablagʻlar evaziga Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda davom etishi mumkin.

Yaqinda Germaniya kansleri Olaf Shols aynan shu masalada taklif kiritgan edi. Buni Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Polsha kabi davlatlar amalga oshirishi mumkin, ammo Portugaliya, Slovakiya yoki Vengriya kabi davlatlarning mazkur kampaniyaga qoʻshilishi soʻroq ostida.

Agar yordam berilishi shart boʻlsa, Evropa davlatlari birlashgan holatda ittifoq nomidan emas, balki har bir davlat oʻz nomidan Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatishi mumkin. Bryussel muammoni hal qilishni uddalay olmasa va Rossiya qoʻshinlari Ukraina frontini yorib oʻtib, Dniproga yaqinlashsa, Evropa mamlakatlari baribir alohida boʻlsa ham oʻz qoʻshinlarini urushga jalb etishiga toʻgʻri keladi, bu esa ularga Ukrainaga ayni paytda harbiy yordam berishdan koʻra qimmatroqqa tushadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo