21:10 / 16.02.2025
825

Qozogʻistonda korruptsiyada ayblangan hokim oʻrinbosari Oʻzbekistonda ushlandi

Qozogʻistonda korruptsiyada ayblangan hokim oʻrinbosari Oʻzbekistonda ushlandi
Foto: Tengrinews
Oqtov shahri hokimining xalqaro qidiruvga berilgan sobiq oʻrinbosari Temur Saidvaqosov Oʻzbekistonda qoʻlga olindi.

Qayd etilishicha, sobiq amaldor noqonuniy ravishda Qozogʻistonning Qirgʻiziston bilan chegarasini kesib oʻtgan, keyin esa Oʻzbekiston hududiga oʻtayotganida mahalliy chegarachilar tomonidan ushlangan.

Endi Saidvaqosov 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin — Oʻzbekistonda bir guruh shaxslarning oldindan kelishgan holda davlat chegarasini buzib oʻtganligi uchun shu turdagi jazo belgilangan.

Hokim oʻrinbosari Qozogʻistonda Shimoliy-Qozogʻiston viloyatidagi «Obuxovskoye» nodir metallar konini oʻzlashtirayotgan «Tiolayn» kompaniyasi faoliyati bilan bogʻliq korruptsion jinoyatlarda gumonlanmoqda. Tergovning hisoblashicha, korxona aktsiyadorlaridan biri — Viktor Dolgalev oʻz biznesida qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻygan, jumladan, noqonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullangan va erosti boyliklaridan oʻzboshimchalik bilan foydalangan.

Avvalroq sud hay'ati Dolgalevni oqlagan, ammo koʻp oʻtmay hukm bekor qilingan, ish esa boshqa viloyatga qayta koʻrib chiqishlik uchun yuborilgan. Tergov versiyasida qayd etilishicha, biznesmen oʻz muammolarini amaldorlar, jumladan, Saidvaqosov yordamida ham hal etib kelgan. Hokim oʻrinbosari firibgarlik va pora berishga undashda ayblanmoqda.

Gumonlanuvchilar qatoriga kiritilganidan xabar topgan hokim oʻrinbosari yashirinishga uringan, ammo endi u birdaniga ikkita davlatda ozodlikdan mahrum etilishi mumkin — Qozogʻistonda korruptsion jinoyatlari uchun, Oʻzbekistonda esa chegarani noqonuniy buzgani uchun.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo