
Foto: Getty Images
HAMAS harakati Gʻazo sektorini boshqarishni Falastin milliy ma'muriyatiga topshirishga tayyor. Bu haqda Sky News Arabia'ga tayangan holda Daryo xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, HAMAS tegishli qarorni Qohiradagi muzokaralar davomida Misr bosimi ostida qabul qilgan. Tegishli qaror haqida Falastin Ozodlik Tashkiloti rahbariyatiga maktub yoʻllangan. HAMAS bu borada oʻz shartlarini ham qoʻygan. Jumladan, ularning barcha davlat xizmatchilari yangi ma'muriyat tarkibiga kiritilishi va ularga pensiya toʻlovi kafolatlanishi kerak.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kas avvalroq mamlakat “oʻz mavjudligini xavf ostiga qoʻyishi mumkin boʻlgan” Falastin davlatining tashkil etilishiga yoʻl qoʻymasligini aytgandi. AQSh maxsus vakili Stiv Vitkoffning soʻzlariga koʻra, Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishning ikkinchi bosqichi va garovga olingan isroilliklarni falastinlik mahbuslarga almashish boʻyicha muzokaralar shu hafta davom etadi. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi tirik qolgan barcha isroillik mahbuslarni ozod qilishni oʻz ichiga oladi.
Tramp: “AQSh Gʻazo sektorini boshqaradi”
AQSh prezidenti Gʻazo sektorini “snos” maydonchasi deb atagandi. U anklav aholisini turli mamlakatlarga, jumladan, Iordaniya va Misrga koʻchirib oʻtkazish mumkinligini aytgan. U Qoʻshma Shtatlar bu jarayonni moliyalashtirmasligi, chunki xarajatlarni qoplashga Yaqin Sharq davlatlarining qurbi etishini ta'kidlagandi. Vashington esa mintaqadagi ishlar uchun javobgar boʻladi va zarurat tugʻilganda u erga oʻz qoʻshinlarini yuborishi mumkinligini aytgan.
Ushbu taklifga javoban arab davlatlari etakchilari AQSh davlat kotibiga maktub yoʻllab, falastinliklarni chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi, buni nafaqat xalqaro huquqning buzilishi, balki mintaqaviy xavfsizlikka tahdid deb atagan. Iordaniya qiroli Abdulla II AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda Gʻazo sektoridan 2 ming nafar bolani olib ketishini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar