
Evropa Ittifoqi va AQSh standartlariga muvofiq xlorlangan ichimlik suvi ayrim onkologik kasalliklar rivojlanish ehtimolini oshirishi mumkin. The Guardian bu haqda shved olimlarining tadqiqotlariga asoslanib xabar berdi.
Suvga xlor qoʻshilganda deyarli barcha markaziy suv ta'minoti tizimlarida yon mahsulotlar — trigalometanlar hosil boʻladi. Ushbu dezinfektsiya usuli arzon va samarali boʻlsa-da, ayrim xavflarni ham oʻz ichiga oladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, xlorli suv iste'moli siydik pufagi saratoni ehtimolini 33 foizga, yoʻgʻon yoki toʻgʻri ichak saratoni xavfini esa 15 foizga oshirishi mumkin.
Shvetsiyaning Karolin instituti etakchi tadqiqotchisi Emili Hyoltening ta'kidlashicha, ushbu xavflarni anigʻroq baholash uchun qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish zarur. U, shuningdek, suvni tozalashning ultrabinafsha nurlar yoki yangi filtrlash tizimlari kabi muqobil usullari saraton xavfini kamaytirishi mumkinligini, ammo bunday texnologiyalar ancha qimmatga tushishini qoʻshimcha qildi.
The Guardian yozishicha, suvni xlorlash XX asr boshidan beri keng qoʻllanib, koʻplab yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam bergan. Biroq, 1970-yillarda olimlar xlor organik birikmalar bilan reaktsiyaga kirishishi natijasida xavfli toksinlar, jumladan, xlorofor va bromofor hosil boʻlishini aniqlashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar