07:40 / 21.02.2025
3 871

Xonanda Selena Gomes va prodyuser Benni Blanko 35 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi

Xonanda Selena Gomes va prodyuser Benni Blanko 35 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi
Xonanda va aktrisa Selena Gomes va uning qalligʻi, musiqiy prodyuser Benni Blanko oʻzlarining birinchi uyi — 35 million dollarlik hashamatli uy xarid qildi. Bu haqda TV.mail.ru'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Jurnalistlarning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yilning dekabr oyida yulduzli juftlik Beverli Xillda ispancha uslubda qurilgan hashamatli hovliga sarmoya kiritgan. Toʻyga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan Benni va Selenaning yangi uyida 7 ta yotoqxona, 12 ta hammom, katta kutubxona mavjud. Uyning kirish qismida aylanma zinapoya boʻlib, u orqali boshqa xonalarga oʻtish mumkin.

Hovlida oranjereya-issiqxona, fitnes markazi, solyariy va ikkita basseyn ham mavjud. Ilgari ushbu koʻchmas mulk egasi mashhur Gollivud rejissyori boʻlgan, ammo uning ismi oshkor etilmadi.

Foto: Instagram
Selena oʻzining hamkasbi, musiqiy prodyuser Benni Blanko bilan tanishganiga oʻn yildan oshgan. Blanko xonandaning eng xit qoʻshiqlariga prodyuserlik qilgan. Jumladan, ular birgalikda 2015 yilda “Same Old Love”, 2021 yilda “I Canʼt Get Enough” kabi mashhur taronalar ustida ishlagan.

2024 yil dekabr oyida Selena Gomes oʻzining prodyuseri Benni Blankoga turmushga chiqayotgani haqida oʻzining Instagram'dagi sahifasida e'lon qildi. Ularning toʻyi Puerto Rikoda boʻlib oʻtadi, chunki xonandaning qalligʻi oʻsha erda tugʻilib oʻsgan. Marosimda kelin-kuyovning yaqin qarindoshlari, doʻstlari, xorijiy yulduzlar, jumladan, Teylor Svift, Bleyk Layvli va Meril Strip kabilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo