
Foto: Ye Pingfan/Photoshot/picture alliance
Evropa Ittifoqining ustuvor vazifasi Ukrainaning kuch bilan tinchlikka erishishi uchun Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda Kiyevni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishdan iborat. Bu haqda 21 fevral, juma kuni Bryusselda boʻlib oʻtgan brifingda EIning yuqori martabali amaldori ma'lum qildi.
«Biz Ukrainani mustahkamlashimiz, shu orqali unga yomon kelishuvdan voz kechish imkoniyatini berishimiz kerak», dedi EI vakili.
U hozirda tinchlik kelishuvi yoʻqligini ta'kidladi va Evropa Ittifoqi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning pozitsiyasiga toʻliq qoʻshilishini hamda Kiyev va Bryussel ishtirokisiz tinchlik muzokaralarini qabul qilmasligiga ishontirdi. «Kuch orqali tinchlikka erishish uchun biz tezroq harakat qilishimiz, koʻproq harakat qilishimiz va birdamlik koʻrsatishimiz kerak», dedi rasmiy.
Ukrainaga harbiy yordamni oshirish
Shu maqsadda Evropa Ittifoqining tashqi ishlar boʻyicha oliy vakili Kaya Kallas yangi tashabbus – Evropa Ittifoqining Ukrainaga harbiy yordami kengaytirilishini e'lon qiladi. Tashabbus 24 fevralda, Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bostirib kirishining uch yilligi munosabati bilan Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yigʻilishida taqdim etiladi.
Yangi loyiha Ukrainaga qoʻshimcha harbiy yordam etkazib berishni, jumladan artilleriya snaryadlari, havo mudofaa tizimlarini, shuningdek, butun brigadalarni jihozlash va oʻqitishni nazarda tutadi. Bryusselning da'vo qilishicha, Ukraina tomoni aynan shu soʻrovlarni oʻz sheriklariga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar