
Foto: Google Images
Kriptovalyuta olami yana bir katta hakerlik hujumiga guvoh boʻldi. Dunyodagi eng yirik kriptobirjalardan biri Bybit xakerlar tomonidan buzib kirildi va jami 1,46 milliard dollar mablagʻ oʻgʻirlandi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar tarqatdi.
Hujum qanday amalga oshirildi?
Bybit jamoasining ma'lum qilishicha, hakerlar Ethereum'ga tegishli “sovuq hamyon”lardan biriga noqonuniy ravishda kirish huquqini qoʻlga kiritishgan. Ular soxta foydalanuvchi interfeysi va smart-shartnomalardagi oʻzgarishlar yordamida tranzaktsiyalar uchun imzo olishga muvaffaq boʻlgan. Bu esa mablagʻlarni oʻz manzillariga oʻtkazishga imkon bergan.
Kompaniyaning rasmiy munosabati
Bybit vakillari ushbu hujumni tasdiqlab, birja qolgan “sovuq hamyon”larining xavfsizligini kafolatlashdi. Ularga koʻra, mijozlarning mablagʻlari himoyalangan va birjaning faoliyati muammosiz davom etmoqda. Rasmiy bayonotda shunday deyilgan:
“Biz oʻz foydalanuvchilarimiz va hamkorlarimizni Bybit'dagi qolgan aktivlar mutlaqo xavfsiz ekanligiga ishontirmoqchimiz. Bizning operatsiyalarimiz odatdagidek uzilishlarsiz davom etmoqda.”
Hujumni kim amalga oshirgan?
Taxminlarga koʻra, ushbu hujum Shimoliy Koreyaning mashhur Lazarus xakerlik guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Bu guruh avval ham bir necha bor kriptovalyuta birjalari va moliyaviy platformalarga hujum qilgani bilan tanilgan.
Bybit kriptobirjasida sodir boʻlgan xakerlik hujumi bugungi raqamli moliya tizimida xavfsizlikning naqadar muhim ekanligini yana bir bor isbotladi. Kriptoinvestorlar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirish va aktivlarini himoya qilish juda muhim. Muxlislar esa ushbu hodisaning Bybit'ga va butun kriptovalyuta bozoriga qanday ta'sir koʻrsatishini kuzatishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar