06:00 / 23.02.2025
379

Tramp kelasi hafta rossiyaliklar bilan yangi muzokaralar boʻlishini e'lon qildi

Tramp kelasi hafta rossiyaliklar bilan yangi muzokaralar boʻlishini e'lon qildi
Foto: AP
Rossiya va AQSh delegatsiyalari Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralarning yangi bosqichini oʻtkazadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi, deb xabar berdi Euronews.

Unga koʻra, muzokaralar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyozda 25 fevral kuni, birinchi uchrashuvdan roppa-rosa bir hafta oʻtgach boʻlib oʻtadi.

AQSh va Rossiya vakillarining birinchi muzokaralaridan soʻng, AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, har ikki tomon uchta maqsadga erishish boʻyicha keng koʻlamda kelishib olgan: Vashington va Moskvadagi elchixonalarida xodimlar sonini qayta tiklash; Ukraina boʻyicha tinchlik muzokaralarini qoʻllab-quvvatlash uchun yuqori darajali guruh tuzish; Shuningdek, yaqinroq munosabatlar va iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish.

Muzokaralarda Ukraina rasmiylari ishtirok etmadi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov soʻzlariga koʻra, ayni paytda Tramp va Vladimir Putin oʻrtasidagi shaxsiy uchrashuvga tayyorgarlik davom etmoqda. Yuzma-yuz uchrashuv chogʻida nafaqat Ukrainadagi urush, balki keng koʻlamli masalalarni muhokama qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo