
Ukraina AQShning mamlakat xarajatlarini qoplash boʻyicha resurs bitimi doirasida koʻzda tutilgan 500 milliard dollarlik maxsus fondni shakllantirish talabiga qarshi chiqdi. Bu haqda muzokaralar jarayonidan xabardor manbaga tayanib Bloomberg'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Kiyev haqiqiy summani taxminan besh baravar kam — taxminan 90 milliard dollarga baholamoqda, AQSh tomonidan kelajakdagi harbiy va moliyaviy yordam boʻyicha kafolatlarning yoʻqligi esa toʻsiq boʻlib qolmoqda.
"Dastlab AQSh ushbu jamgʻarma miqdorini 500 milliard dollargacha belgilashni taklif qilgan edi, biz mazkur taklifni 100 milliard dollargacha kamaytirdik va maxsus vakil Kit Kellogga yubordik", dedi Ukrainaning New Voice nashri manbasi.
Amerika tomonining taklifi 500 milliard dollarlik maxsus jamgʻarma tashkil etishdan iborat boʻlib, unga Ukraina hissa qoʻshadi va u butunlay AQShga tegishli boʻladi. Vashington tomonidan tuzilgan kelishuv rejasida Ukraina tabiiy resurslardan, jumladan, minerallar, gaz va neftdan, shuningdek, portlar va boshqa infratuzilmadan olinadigan daromadlarning yarmidan voz kechishi nazarda tutilgan.
"Bu jamgʻarma Ukrainani uzoq muddatli rekonstruktsiya qilish va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi, bu erda AQSh iqtisodiy huquqlarga va kelajakdagi investitsiyalarni boshqarish huquqiga ega boʻladi", dedi AQSh moliya vaziri Skott Bessent.
Uning soʻzlariga koʻra, AQSh Ukrainadagi jismoniy aktivlarga egalik qilishga da'vo qilmaydi, shuningdek, bu mamlakatni yirik qarzdorga aylantirmoqchi ham emas.
Biz noyob er metallari va neft, olishimiz mumin boʻlgan hamma narsani soʻraymiz, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.
Uning fikricha, Vashington Ukrainaga yordam uchun 350 milliard dollarga yaqin mablagʻ ajratgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar