21:22 / 23.02.2025
109

Ispaniyada odam savdosi bilan shugʻullangan yirik tarmoq fosh etildi

Ispaniyada odam savdosi bilan shugʻullangan yirik tarmoq fosh etildi
Foto: AP
Ispaniya politsiyasi odam savdosi va ayollarni fohishalikka majburlash bilan shugʻullanib kelgan jinoiy tarmoq faoliyatiga chek qoʻyilganini ma'lum qildi.

Politsiya ma'lumotlariga koʻra, oxirgi bir yil ichida mingga yaqin ayol ushbu tarmoq orqali oʻtgan. Operatsiya davomida 48 nafar ayol ozod etilgan.

Odam savdosida gumonlanib 48 kishi qoʻlga olingan, ularning uch nafari — ikki kolumbiyalik va bir ispan toʻda etakchisi ekani taxmin qilinmoqda.

Jinoyatchilar jabrlanuvchilarni Lotin Amerikasidan, «asosan Kolumbiya va Venesueladan yollagan». Ularga Ispaniyada farroshlik yoki goʻzallik salonida ish taklif qilingan, ammo Ispaniyaga olib kelinganida ular fohishalik qilishga majburlangan, doimiy nazorat ostida ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil may oyida Italiya politsiyasi Kalabriya mafiya tashkiloti «Ndrangeta»ga qarshi oʻtkazilgan reyd davomida 109 nafar gumonlanuvchini qoʻlga olgandi. «Ndrangeta» Italiyadagi eng qudratli zamonaviy mafiya guruhlaridan biri hisoblanadi. U qurol, odam va giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanadi hamda koʻp milliard dollarlik aylanmaga ega.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo