
Stiv Uitkoff Foto: AP / Evan Vucci
AQShga Ukrainaning mineral resurslariga, jumladan, nodir metallariga kirish huquqini beruvchi bitim shu hafta ichida imzolanadi. Bu taxminni 23 fevral, yakshanba kuni CNN telekanalida AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiv Uitkoff bildirdi.
The New York Times gazetasining yozishicha, Tramp va Uitkoff oʻrtasida shaxsiy, ishonchli munosabatlar mavjud. Nashr eslatishicha, bir necha hafta oldin Tramp Uitkoffning vakolatini Yaqin Sharq tinchlik jarayoni doirasidan tashqariga yashirincha kengaytirdi va iste'fodagi general Kit Kellog uning Ukraina va Rossiya boʻyicha maxsus vakili etib tayinlanganiga qaramay, unga Rossiya rahbariyati bilan Ukraina boʻyicha muzokaralar kanalini ochishni topshirdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 23 fevral kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukraina rahbarining Vashington bilan kelishuvni dastlab ishlab chiqilganidek qabul qilishdan bosh tortganiga ishora qilib, «bir hafta oldin bu boradagi qaror boʻyicha ikkilanib yurganini» bildirdi. «AQSh prezidenti Donald Tramp unga xabar yubordi. U endi ikkilanmaydi», — deya qoʻshimcha qildi Stiv Uitkoff.
Oʻz navbatida, AQSh moliya vaziri Skott Bessent 23 fevral kuni Fox New telekanaliga bergan intervyusida: «Men Zelenskiy minerallar boʻyicha bitim imzolashini kutyapman», dedi.
Zelenskiy AQSh bilan kelishuv boʻyicha muzokaralarning borishi haqida
Zelenskiyning oʻzi ham shu kuni Vashington-Kiyev tabiiy resurslar boʻyicha kelishuvi yuzasidan muzokaralar olgʻa surilayotganini aytdi. «Hammasi yaxshi», — deya uning soʻzlarini keltiradi Reuters.
Bundan tashqari, Ukraina prezidenti resurslar kelishuvi xavfsizlik kafolatlari kontekstida koʻrib chiqilsa, oʻz mamlakatiga AQSh qoʻshinlarining kiritilishini mantiqiy qadam deb bilishini ta'kidladi.
Bir kun avval Sky News telekanali anonim ukrainalik manbaga tayanib, Kiyev nuqtayi nazaridan, Ukrainaning mineral resurslari boʻyicha AQSh tomonidan taklif etilgan kelishuv «qator muammoli masalalarni oʻz ichiga olganini» xabar qildi. Xususan, unda «Ukrainaning faqat bir tomonlama majburiyatlari» mavjud, shuning uchun Volodimir Zelenskiy ushbu bosqichda bu hujjatni imzolashga tayyor emas, dedi manba.
Ayni paytda Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Uolts 21 fevral kuni Merilend shtatidagi chiqishi chogʻida shunday dedi: «Bu xulosa. Prezident Zelenskiy bu bitimni imzolaydi va buni tez orada koʻrasiz».

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar