
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya fuqarolari 2024 yilda Irlandiya fuqaroligini olish uchun rekord darajada ariza berdi. Bu haqda mamlakat hukumati ma'lumotlariga tayanib Financial Times xabar berdi.
2024 yil yakunlariga koʻra, Foreign Births Register’ga 23 ming 456 ta ariza berilgan — bu undan oldingi yilga nisbatan 15 foizga koʻp. Qayd etilishicha, ushbu koʻrsatkich 2019 yilda Britaniya EI tarkibidan chiqish arafasida boʻlgan paytdagi rekorddan ham oshib ketgan.
Immigratsiya sohasidagi yuristlarning ma'lum qilishicha, ushbu holat Buyuk Britaniya iqtisodiyotining ahvoli yaxshi emasligi, siyosiy beqarorlik, EIdan ajralib chiqish turizmga «qattiq» ta'sir koʻrsatayotgani, shuningdek, Evropa Ittifoqidagi mehnat va shartnomalar boʻyicha cheklovlar bilan bogʻliq.
«Britaniyadagi noaniq siyosiy vaziyat nafaqat sabablardan biriga aylandi, balki yanada koʻproq odamlarni «B reja»ni qidirishni tezlashtirishga undadi. Bizningcha, bunday arizalar soni faqat oshib boradi, chunki Britaniya iqtisodiyoti yosh avlod uchun tobora jozibadorlikni yoʻqotmoqda, nafaqaga chiqish arafasida turganlar esa soliqlar oshishi ehtimolini tobora koʻproq payqayapti», — deydi RNL Solicitors yuridik firmasi vakili.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar