06:50 / 25.02.2025
53

Bayraktar dronining yangi versiyasi taqdim etildi (video)

Bayraktar dronining yangi versiyasi taqdim etildi (video)
Turkiyaning Baykar kompaniyasi Bayraktar TB2 dronining yangi modifikatsiyasini taqdim qildi. Yangi mahsulot Bayraktar TB2T-AI deb nomlandi. Bu haqda kompaniya oʻzining press-relizida ma'lum qildi. Kompaniya xabariga koʻra, dron «yangi avlod»ni ifodalaydi va «kuchlar muvozanatini oʻzgartirish» uchun moʻljallangan.

Dron noma'lum turdagi turboparrakli dvigatelni oldi, bu esa dronning havoga koʻtarilish ogʻirligi va foydali yukini oshirish imkonini berdi. Yangilangan qurilmaning tezligi 300 km/soatga etadi. U 9000 m balandlikka 30 daqiqadan kamroq vaqt ichida koʻtarila oladi.

Bayraktar TB2T-AI sun'iy intellektdan foydalangan holda yangi bort kompyuterlari bilan jihozlangan, bu esa hududni aniqlovchi mustaqil GPS navigatsiyasini ta'minladi.

Dron maqsadlarni tahlil qilish va aniqlash qobiliyatiga ega boʻldi. Ishlab chiquvchilar, shuningdek, bazaga avtomatik qaytish va avtomatik qoʻnish funktsiyasini ham qoʻshdilar. Jangovar yuk va qurollar haqida ma'lumot berilmadi.

Bayraktar TB2 Turkiyaning oʻrta balandlikda, uzoqqa uchuvchi, taktik zarba beruvchi droni boʻlib, masofadan boshqariladigan yoki avtonom parvozni amalga oshiradi. U turli xil zamonaviy qurollarni, jumladan MAM-C va MAM-L aviabombalarini, shuningdek, tankka qarshi UMTAS raketalarini olib yurishi mumkin.

Bayraktar TB2 Rossiya-Ukraina urushining boshida Ukraina tomonidan juda samarali ishlatilgan. Biroq, Rossiya qatlamli havo mudofaa tizimini yaratganligi sababli uning samaradorligi keskin pasayib ketgan. Biroq, jahon qurol bozorida ushbu dron hamon yuqori talabga ega.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo