09:09 / 26.02.2025
147

Kanada «Besh koʻz» ittifoqini tark etadimi?

Kanada «Besh koʻz» ittifoqini tark etadimi?
Foto: China Military
AQSh prezidenti ma'muriyati Kanadani «Besh koʻz» (Five Eyes, FVEY) alyansidan chiqarib yuborish masalasini koʻrib chiqyapti. Bu haqda Financial Times oʻz manbalariga asoslanib xabar berdi.

«Shimoldagi qoʻshnini badargʻa qilish» taklifi Donald Trampning savdo boʻyicha katta maslahatchisi Piter Navarrodan chiqqan. Vashington Kanadaga shu tariqa bosim qilishi mumkin, deb yozdi nashr. Hozircha AQSh prezidentining taklifga munosabati qorongʻu, gʻoya a'yonlar darajasida muhokamada.

Ma'lumot uchun: «Besh koʻz» — 1946 yilda asos solingan, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya razvedkalari ittifoqi. A'zo davlatlar kiberxavfsizlik va aksilterror sohalarida oʻzaro ma'lumot almashinadi. Kanada chiqarib yuborilsa, bu alyans tarkibidagi ilk tarixiy oʻzgarish boʻladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo