121
HAMAS garovdagilarning 4 nafarini jasadlarini topshirdi, Isroil esa 625 nafar mahbuslarni ozod qildi (video)

Foto: Al Jazeera
26 fevral kuni HAMAS to‘rt nafar garovga olinganlarning jasadlarini Isroilga topshirdi. Buning evaziga Isroil 625 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 19 yanvardan amalga kirgan bo‘lib, uning birinchi bosqichi shu hafta yakuniga yetishi kutilmoqda. Biroq urushni to‘xtatish va tinchlik jarayonini davom ettirish bo‘yicha keyingi bosqichning taqdiri hanuz noma’lum. HAMAS muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirib, garovdagilarni ozod qilish uchun yagona yo‘l o‘t ochishni to‘xtatishga sodiqlik ekanini ta’kidladi.
HAMAS garovda bo‘lgan shaxslar jasadlarini 26 fevral kuni topshirdi, Isroil esa javob tariqasida 625 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Avvalroq, 22 fevral kuni HAMAS garovdagi olti kishining jasadini Isroilga topshirgan, biroq Isroil buni “sahnalashtirilgan marosim” deb baholagan va mahbuslarni ozod qilishdan bosh tortgan edi.
Isroilga 69 yoshli Nir Oz Itsik Elgarat, 49 yoshli Saxi Idan, 85 yoshli Shlomo Mansur va yana bir garovga olingan shaxsning jasadlari topshirildi. Birinchi bosqich doirasida 2 martgacha 25 nafar isroillik ozod qilinishi va sakkiz nafar garovga olinganlarning jasadlari topshirilishi rejalashtirilgan.
HAMAS manbalariga ko‘ra, ozod etilishi kutilayotgan falastinlik mahbuslar orasida 445 nafar erkak, 24 nafar ayol va voyaga yetmaganlar, shuningdek, umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 151 nafar mahbus bor.
Isroil va HAMAS 15 yanvar kuni G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish va anklavda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ushbu kelishuv 19 yanvar kuni kuchga kirgan bo‘lib, u uch bosqichni o‘z ichiga oladi va birinchi bosqich 42 kun davom etishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar