06:25 / 28.02.2025
591

AQSh Yevropani Ukraina muzokaralarida "jim bo'lishga" chaqirmoqda

AQSh Yevropani Ukraina muzokaralarida "jim bo'lishga" chaqirmoqda
© RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy
Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishga loyiq emas va “ovozini o‘chirishi” kerak. Bu haqda Texas shtatidan respublikachi kongressmen Den Krensho xorij OAVga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Nega sizlar (yevropaliklar – tahr.) muzlatilgan aktivlardan (Rossiyaning – tahr.) 200 milliard dollarni olib, yo‘q qilmaysizlar? Yevropaliklar: “biz buni qila olmaymiz”, deyishadi. Unda ovozingizni o‘chiring. Mana nima uchun sizga stolda (muzokaralar — tahr.) o‘rin yo‘q. Polsha chegarasiga 50 000 askar qo‘ymoqchi bo‘lmasangiz, unda ovozingizni o‘chiring. Bu mening Yevropa rahbarlariga shaxsiy xabarim", — dedi Krensho.

Turkiyalik siyosiy tahlilchi Umur To‘gay Yujelning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, G‘arb Ukraina frontidagi mag‘lubiyat nafaqat Kiyev, balki Bryussel, Berlin, Parij va London uchun ham omadsizlik bo‘lishini tushunadi.

“Ukrainadagi vaziyat joylarda ham sezilarli darajada yomonlashdi. Shu bilan birga, Zelenskiyning yetakchiligi va qonuniyligi shubha ostiga qo‘yildi va fosh etilgan yirik korrupsiya vaziyatni yanada yomonlashtirdi. Biroq, bularning barchasiga qaramay, G‘arb davlatlarining yordami hamon davom etmoqda. Bugun butun dunyo Kiyevni G‘arb pullari, G‘arb qurollari, G‘arb razvedkasi va G‘arb maslahatchilari qo‘llab-quvvatlayotganini biladi. Rossiya nafaqat Ukraina, balki G‘arb bilan ham urush olib bormoqda. Shuning uchun Ukrainadagi mag‘lubiyatni nafaqat Kiyevning, balki Bryussel, Berlin, Parij va Londonning mag‘lubiyati deb ta’riflash to‘g‘riroq bo‘lardi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo