07:48 / 28.02.2025
683

Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Qrimni anneksiya qilishi hamda o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining tan olinishi sababli Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda AQSH Federal reyestri materiallarida ma’lum qilindi.

Tramp turli yillarda – 2014, 2018 va 2022-yillarda AQSH tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni davom ettirish qarorini qabul qildi. Hujjatda ta’kidlanishicha, ushbu cheklovlar “2025 yil 6 martdan keyin ham o‘z kuchida qolishi lozim”.

— Ushbu farmonlarda qayd etilgan harakatlar va siyosatlar AQSH milliy xavfsizligi hamda tashqi siyosat manfaatlariga jiddiy va favqulodda xavf solishda davom etmoqda, — deyiladi hujjatda.

Tramp 25 fevral kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalar hozircha muzokaralar mavzusi emasligini, biroq “kelajakda bu masalani ko‘rib chiqishini” ma’lum qilgan edi. 26 fevral kuni jurnalistlar bilan suhbatda esa u Rossiyaga qarshi sanksiyalarni faqat RossiyaUkraina urushi yakunlanganidan so‘ng bekor qilishga tayyor ekanini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketini kelishib oldi. Unga ko‘ra, alyuminiy importiga cheklovlar joriy etildi, 13 ta bank SWIFT tizimidan uzildi hamda “soya flotiga” tegishli 70 dan ortiq kemaga sanksiyalar qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo