16:05 / 28.02.2025
91

Tayvanda davlat xizmatchilari Xitoy fuqaroligi yo‘qligi haqida qasamyod qiladi

Tayvanda davlat xizmatchilari Xitoy fuqaroligi yo‘qligi haqida qasamyod qiladi
Foto: Reuters
Tayvan davlat xizmatchilariga Xitoyda uy-joyi yoki XXR shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligi hamda ularni olish niyatida emasligi haqida yozma qasamyod berish majburiyati yuklatildi. Bu haqda Taipei Times gazetasi xabar berdi.

Bunday ko‘rsatma orolning davlat xizmati idorasi tomonidan tarqatilgan. Unga ko‘ra, harbiy xizmatchilar, davlat xodimlari yoki davlat ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari XXRda yashash joyiga, shuningdek, hech qanday shaxsni tasdiqlovchi hujjat, pasport yoki materik Xitoyda yashash guvohnomasiga ega bo‘lmasligi shart.

Bunday hujjatlarga egalik qilish milliy xavfsizlikka tahdid soladi va (davlat xizmatchisining) sadoqatiga shubha uyg‘otadi, deyiladi xabarda.

Barcha amaldorlar XXR bilan rasman hech qanday aloqasi yo‘qligi haqida “yozma qasamyod berishi” lozim. Agar bunday aloqa aniqlansa, bu shaxslar hukumat tuzilmalarida ishlash imkoniyatini yo‘qotadi. Agar amaldor Xitoy pasportiga ega bo‘lsa, u Tayvan fuqaroligidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Ilgari mahalliy ommaviy axborot vositalarida 100 mingdan ortiq tayvanliklarda allaqachon Xitoy shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi, Xitoy pasportini olishni istaganlarning umumiy soni esa 200 mingga yetgani haqida rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo