00:53 / 01.03.2025
111

Oval kabinetda o‘tkaziltgan uchrashuvda Zelenskiy Trampga nimalar dedi?

Oval kabinetda o‘tkaziltgan uchrashuvda Zelenskiy Trampga nimalar dedi?
Foto: BFMTV
Vashingtonda AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tramp Oq uyga kirish eshigida Zelenskiyni kutib oldi. AQSH va Ukraina yetakchilari jurnalistlar tomon yuzlandi va Tramp ularga mushtini ko‘rsatdi. Ular o‘zlariga berilgan savollarga javob qaytarmadi.

Tramp va Zelenskiy muzokaralar davomida foydali qazilmalar to‘g‘risidagi bitimni imzolashlari kerak edi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Oq uydagi jurnalistlarga ushbu hujjat «AQSHning katta majburiyatiga» aylanishini aytgan. O‘z navbatida Zelenskiy «mazkur hujjat Ukraina uchun oldinga qadam bo‘lishiga» umid bildirgan.

Associated Press'ning ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan murosaga borib bo‘lmasligini ta’kidlagan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Oval kabinetdagi uchrashuvda Zelenskiy Putinni «qotil hamda terrorchi» deb atagan va Trampga «qotil bilan hech qanday murosa bo‘lmasligini» aytgan.

Zelenskiy Trampga ko‘rsatish uchun o‘zi bilan chop etilgan suratlarni olib kelgan. Unda Rossiya asirligidan qaytgan ukrainalik harbiylar tasvirlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo