08:30 / 04.03.2025
303

Asirlikda halok bo‘lgan jurnalist Roshchina shafqatsizlarcha qiynoqqa solinganimi?

Asirlikda halok bo‘lgan jurnalist Roshchina shafqatsizlarcha qiynoqqa solinganimi?
3 mart, dushanba kuni chop etilgan «Slіdstvo.Іnfo» nashrining «Vikaning so‘nggi topshirig‘i» surishtiruv filmida 2023 yil yozida Rossiya tomonidan qo‘lga olingan ukrainalik jurnalist Viktoriya Roshchina shafqatsizlarcha qiynoqqa solingani aytiladi. Uning tanasida pichoq jarohatlari bo‘lgan, jurnalistning vazni 30 kilogrammgacha bo‘lgan va Rossiya koloniyasi xodimlari uni tekshiruvlardan yashirgan, deya ta’kidlaydi ukrainalik surishtiruvchilar.

"Slіdstvo.Іnfo" jurnalistlari «Suspіlne» telekanali va "Grati" dasturidagi hamkasblari hamda «Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti bilan birgalikda rossiyaliklar avvaliga Roshchinani Zaporijjya viloyatining bosib olingan hududidagi noqonuniy hibsxonalarda ushlab turishgani, keyin esa uni Rossiyaning Taganrogiga olib ketishganini aniqladi.

Surishtiruvchilar uning kameradoshidan Melitopol va Energodar hamda Taganrog 2-sonli tergov hibsxonasida u bilan nima sodir bo‘lganligi haqida ko‘rsatma olishdi: u qiynoqqa solingan, jurnalistning tanasida yaralar bor edi. «Men uning tanasida bir nechta pichoq jarohatlarini ko‘rdim — aniq qo‘li va oyog‘ida. Uning qo‘li va tirsagi o‘rtasida yumshoq to‘qimalarda yangi chandiq bor edi. Va chandiq taxminan uch santimetr edi», deydi uning kameradoshi. Roshchina elektr toki bilan ham qiynoqqa solingan. «Men uni bir necha marta elektr toki bilan qiynoqqa solishganini bilaman», deb eslaydi kameradoshi va tok Viktoriyaning qulog‘iga ulab qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Roshchina 30 kggacha vazn yo‘qotgan

"U doimo yordam so‘rardi. Avvaliga u oshqozonida muammo borligini va isitmasi borligini aytdi. Keyin ayollar uning juda ozayotganini payqashdi. Vika 30 kilogrammgacha vaznga ega edi. Men unga o‘rnidan turishga yordam berardim, chunki u shunday holatda ediki, hatto boshini ko‘tara olmasdi", — deb eslaydi Roshchinaning kameradoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ombudsmani tomonidan koloniyani tekshirish chog‘ida Viktoriya yashirib qo‘yilgan, keyin esa boshqa qavatdagi yopiq xonaga ko‘chirilgan. Ukrainalik jurnalistni oxirgi marta 2024 yil 8 sentyabrda kameradan noma’lum joyga olib ketishganida ko‘rishgan.

Avvalroq "Slіdstvo.Іnfo" sayti jurnalistlari Mariupol mudofaasi paytida Ukrainaning boshqa himoyachilari bilan birga asirga olingan dengizchi Inga Chekinda haqida gapirib berishgandi. Inga bir yildan keyin Viktoriya Roshchina saqlanayotgan Taganrog tergov hibsxonasida o‘tirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar qamoqxonada odam o‘lchamidagi katta pech qurib, ukrainalik mahbuslarni so‘roq qilishda foydalangan. Qamoqxona qo‘riqchilari ayollarni shafqatsizlarcha qiynoqqa solgan, kaltaklagan va shahvoniy harakatlar qilishga majburlagan, deya qo‘shimcha qildi u.
Foto: slidstvo.info

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo