19:54 / 06.03.2025
144

Amerikalik erkak o‘g‘irlagan 770 ming dollarlik sirg‘alarni yutib yubordi (video)

Amerikalik erkak o‘g‘irlagan 770 ming dollarlik sirg‘alarni yutib yubordi (video)
Florida shtati politsiyasi Tiffany & Co. zargarlik do‘konidan 769,5 ming dollarlik sirg‘alarni o‘g‘irlagan, so‘ngra ularni yutib yuborgan erkak hibsga olinganini xabar qildi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 32 yoshli Djeytan Gilder do‘kon xodimlariga “professional sportchi” uchun buyurtma qilayotganini aytgan va ulardan qimmatbaho mahsulotlarni ko‘rsatishni so‘ragan.

Sirg‘alarni yutib yuborgan holda qo‘lga tushdi

Politseylarning taxminiga ko‘ra, u sirg‘alarni o‘g‘irlab, do‘kondan qochgan. Hodisa sodir bo‘lgan kuniyoq uni hibsga olishgan va ushlash vaqtida Gilder bir nechta buyumlarni yutib yuborgan, deb qayd etildi. Ular orasida o‘g‘irlangan sirg‘alar ham bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, u do‘kondan brilliant uzuk o‘g‘irlashni ham rejalashtirgan, ammo qochish vaqtida uni tushirib yuborgan bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Politsiya rentgen orqali tekshiruv o‘tkazdi

Hibsga olingach, politsiya xodimlari rentgen apparati orqali uning qornida nomuayyan buyum borligini aniqlagan. Ammo politsiya BBC savoliga javoban, sirg‘alar qaytarilgani yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Gilder oldin ham Tiffany & Co. do‘konini o‘g‘irlagan

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gilder 2022 yilda ham Texasdagi Tiffany & Co. do‘konidan o‘g‘irlik qilgan. Shuningdek, u Kolorado shtatida 48 ta hibsga olish orderiga ega.

Unga niqob taqib o‘g‘irlik qilish va katta miqdordagi qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlash aybi qo‘yildi. Sud qarori chiqmaguncha, Gilder o‘zini aybsiz deb hisoblash huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo