
Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA)da ommaviy ishdan bo‘shatish jarayoni boshlandi. The New York Times nashri o‘z manbalariga tayanib, CIA so‘nggi ikki yil ichida ishga qabul qilingan xodimlarni ishdan bo‘shatishga kirishganini ma’lum qildi.
Qanday qilib ishdan bo‘shatish amalga oshirilmoqda?
Ma’lumotlarga ko‘ra, agentlikning Langleydan tashqaridagi maxsus ofisiga chaqirilgan xodimlardan hizmat ma’lumotlarini topshirish talab qilinmoqda. Gazeta bu xabarni CIA matbuot xizmati tasdiqlaganini ma’lum qildi.
Hozircha, nechta xodim ishdan bo‘shatilgani rasman aniq emas. Biroq manbalarga ko‘ra, CIA rahbariyati barcha yangi xodimlarni haydashni rejalashtirmayapti, balki aniq bir xodimlar qatlamidan foydalanishni to‘xtatmoqda.
Langleydagi asabiy muhit
Gazeta manbalari CIA xodimlari orasida katta tartibsizlik va xavotir borligini ma’lum qilmoqda. Ayrim xodimlar ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi xabarlardan keyin telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berishdan ham qo‘rqayotgani haqida yozilgan.
"Ishdan bo‘shatishlar boshqarmadagi ma’naviyatni pasaytirdi va xodimlar ish unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi", — deyiladi gazeta xabarnomasida.
Bu qaror nimaga asoslangan?
Ommaviy ishdan bo‘shatishlar CIA direktori Jon Ratkliffning agentlik xodimlarini o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatish huquqini qonuniylashtirgan sud qaroridan bir necha kun o‘tib amalga oshirildi. Bu qarordan so‘ng, agentlikda ichki o‘zgarishlar boshlangani va "keraksiz" deb topilgan xodimlarni qisqartirish rejasi amalga oshirilayotgani taxmin qilinmoqda.
CIAdagi o‘zgarishlar nimani anglatadi?
AQSHdagi eng muhim razvedka agentliklaridan biri bo‘lgan CIAdagi bu o‘zgarishlar AQSH tashqi va ichki razvedka siyosatiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Markaziy razvedka boshqarmasidagi ommaviy qisqartirishlar milliy xavfsizlik strategiyasi va agentlik siyosatida qandaydir yo‘nalish o‘zgarishi bo‘layotganini ko‘rsatishi ehtimoldan holi emas.
Kelgusi kunlarda CIAdagi o‘zgarishlar, ayniqsa, ichki razvedka sohasida qanday yangiliklarga olib kelishi katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar