21:31 / 12.11.2016
11 053

10 yoshli musulmon qiz Donald Trampga xat yozdi

10 yoshli musulmon qiz Donald Trampga xat yozdi

AQShda mamlakat prezidentligiga saylov oldidan Donald Tramp mamlakatga musulmon muhojirlarni kirishini taqiqlashni maqsad qilgani haqida ma’lum qilgandi. Bu qaror katta shov-shuvlarga sabab bo‘lib, noroziliklarni keltirib chiqardi. Endilikda qo‘shma shtatlarga Tramp prezident bo‘lishi aniqlanganidan so‘ng, bu jarayon qanday kechishi hozircha noma’lum. Dunyo bo‘ylab minglab odamlar ana shu masala yuzasidan sarosimaga tushib qolgan. Shu sabab ham Illinoys shtatida yashovchi musulmon oilaning 10 yoshli qizi Donald Trampga xat yozib, undan “yaxshi inson” bo‘lishini iltimos qildi. “ABC News” agentligi 10 yoshli Sakina Ahmad yozgan maktubni chop etdi.

Qizaloq ota-onasiga “Nega u (Donald Tramp) musulmonlarni Amerikaga kiritishni xohlamaydi?” kabi savollar bilan murojaat etavergach, onasi Omina Ali Ahmad Trampga xat yozishni tavsiya etdi.

Qizaloqning o‘z qo‘llari bilan yozgan xati “Tasavvur qiling, sizning diniy qarashlaringizni hamma yomon ko‘rsa... musulmon bo‘lish biroz qiyin”, degan satr bilan boshlanadi. “Biz hammamiz urushda emas, tinchlikda yashashni istaymiz”, deya so‘zida davom etgan Sakina onasining ro‘mol o‘rashi haqida ham yozadi. Qizaloq maktubi so‘nggida “Men faqatgina sizni yaxshi odam bo‘lishingizni istayman. Bu xatim sizni yaxshi bo‘lishingizga yordam berishiga umid qilaman”, degan satrlarni bitgan.

Qizaloqning onasi bu xatni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatganini, biroq Donald Trampdan hozircha javob kelmaganligini atmoqda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 10 yoshli musulmon qiz Donald Trampga xat yozdi