19:51 / 14.03.2025
7

BMT sudyasi o‘z uyida “qul asrab kelgani” oydinlashdi (video)

BMT sudyasi o‘z uyida “qul asrab kelgani” oydinlashdi (video)
BMT sudyasi, shu bilan bir vaqtda, Uganda Oliy sudi sudyasi hisoblangan 49 yoshli Lidiya Mugambe o‘z hamyurtini Buyuk Britaniyaga aldab chaqirib, hujjatlarini olib qo‘ygan hamda uy ishlari va bola parvarishiga majburlagan.

Lidiya Mugambe
Foto: Uganda Sud idoralari

Buyuk Britaniya sudi uni immigratsiya qonunchiligini buzish, inson mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda guvohni qo‘rqitish kabilarda aybdor deb topdi. Mugambe bu ishlarni Oksford universitetida huquq bo‘yicha doktorantura darajasi uchun o‘qiyotgan bir vaqtda amalga oshirgan.

U hibsga olish payti Temza politsiyasiga qarshilik ko‘rsatib, diplomatik immunitetga egaligini aytgan. Bu gaplar bodi-kamera obyektiviga muhrlanib qolgan.

“Men o‘z mamlakatimda sudyaman, men immunitetga egaman. Men jinoyatchi emasman. Mening diplomatik pasportim bor”, degan u.

Sud jarayonidan tafsilotlar

Mazkur ish bo‘yicha prokuror Karolin Haughey KC sud zalida turib, “Lidiya Mugambe jabrlanuvchi mehnatini ekspluatatsiya qilgani hamda uning o‘z huquqlaridan bexabar ekanidan foydalanganini aytdi. Sud hay’ati prokurorning da’vosini qo‘llab-quvvatladi.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, Mugambe jabrlanuvchini Britaniyaga “o‘z hayotini osonlashtirish va eng arzon yo‘l bilan xizmatkor topish maqsadida” olib kelgan.

“Mugambe yosh ayolni faqat shaxsiy qulayligi uchun olib kelib, yomon muomala qilgan. Qonunlarni yaxshi bila turib, nafaqat jabrlanuvchiga, balki uning xavfsizligini ta’minlamoqchi bo‘lgan politsiyani ham aldashdan tap tortmagan”, dedi prokuror Haughey qo‘shimcha qilib.

BMT rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Mugambe 2023 yil may oyida tashkilotning sudyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Biroq bu paytga kelib, unga nisbatan tergov allaqachon boshlangan edi.

Gap shundaki, politsiya uning uyiga mazkur voqeadan uch oy oldin kelgan. Bu esa Mugambening tayinlovi vaqtida ushbu jinoyat ishi e’tiborga olinmagani yoki tekshirilmay qolib ketgan bo‘lishi mumkinligidan dalolat qiladi.

Sud unga nisbatan hukmni 2 may kuni chiqaradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo