Rossiyada politsiyaga pora berishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Rossiyada politsiyaga pora berishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Rossiyada polisiyaga pora berishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Rossiyaning Volgograd viloyatida o‘z tanishini pul yordamida ma’muriy javobgarlikdan qutqarmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi Volgograd viloyati bo‘yicha Tergov boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, 9 mart kuni Kotluban qishlog‘ida huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan Rossiya hududida ikki yil mobaynida noqonuniy ravishda istiqomat qilib kelgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Voqea joyiga boshqa o‘zbekistonlik yetib kelib, politsiyachilarga pora evaziga uning tanishini qo‘yib yuborishni taklif qilgan. Uchastka noziri pora olishdan bosh tortganiga qaramay, ayblanuvchi bo‘sh sigareta qutisiga joylashtirilgan uch ming rublni unga berishga harakat qilgan. Shundan so‘ng u darhol politsiya operativ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksi 291-moddasi 3-bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: www.kun.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar