08:07 / 17.03.2025
443

Ukraina qo‘shinlari qiyin kunlarni boshdan kechirayotgani aytilmoqda

Ukraina qo‘shinlari qiyin kunlarni boshdan kechirayotgani aytilmoqda
© Sputnik / RIA Novosti
Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni Ukraina qo‘shinlariga tanaffuz maydoni va qayta qurollanish uchun vaqt berishga urinish deb biladi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalist Pavel Zarubinga ma’lum qildi.

“Bunday vaziyatda (o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘i – tahr.) biz buni Ukraina harbiylarining qayta qurollanishi va to‘planishi uchun qandaydir vaqt berishga urinish sifatida qabul qilishimiz mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Ushakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda, Rossiya armiyasi barcha yo‘nalishlarda oldinga siljimoqda.

Ushakov Putin va Tramp o‘rtasidagi aloqalarni tayyorlash haqida ham gapirdi.

Uning aytishicha, Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv, shuningdek, ularning telefon suhbatini juda tez tashkil etilish mumkin. Ushakovning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda u mumkin bo‘lgan aloqalarni tayyorlash tafsilotlari haqida “aniq bir narsa” ayta olmaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo